«NATO 3.0»: AQSh roli qisqarayotgan bir paytda Yevropa harbiy salohiyatini oshirmoqda
Dunyo
NATO davlatlari AQShning Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirish rejalari fonida Anqaradagi sammitda mudofaa xarajatlarining rekord darajada oshganini tasdiqlashga tayyorlanmoqda. Alyansda Yevropa ittifoqchilari o‘z xavfsizligi uchun ancha katta mas’uliyatni zimmasiga olishi kerak bo‘lgan yangi mudofaa modeli haqida tobora ko‘proq gapirilmoqda.
NATO Bosh kotibi Mark Ryutte 32 davlat yetakchilari uchrashuvini tashkilot tarixidagi eng muhim sammitlardan biri sifatida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Euronews ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa va Kanadaning mudofaa xarajatlari birgina o‘tgan yil davomida qo‘shimcha 139 milliard dollarga yoki 20 foizga oshgan.
Sanoat forumida ittifoqchilar yangi qurol-yarog‘ shartnomalarini e’lon qilishi kutilmoqda. Ular orasida Polsha uchun 200 ta Patriot raketasini yetkazib berish bo‘yicha 1 milliard dollardan ortiq kelishuv va 1,15 milliard dollarlik yuqori aniqlikdagi artilleriya o‘q-dorilari shartnomasi bor. Boshqa loyihalarning umumiy qiymati 12,8 milliard dollarga baholanmoqda.
Xarajatlarning o‘sishi AQShning Yevropadagi harbiy ishtirokini qayta ko‘rib chiqishi fonida yuz bermoqda. Hozir mintaqada 80 ming nafargacha amerikalik harbiy xizmatchi joylashtirilgan. Pentagon uzoq masofali bombardimonchilar, qanotli raketalar bilan qurollangan suvosti kemalari va qiruvchi samolyotlar kabi ayrim imkoniyatlarni qisqartirishni ham ko‘rib chiqmoqda.
Yangi konsepsiya norasmiy ravishda «NATO 3.0» deb atalmoqda va Yevropaga ko‘proq yo‘naltirilgan alyans modelini nazarda tutadi. Ekspertlar asosiy vazifa milliardlab investitsiyalarni real harbiy salohiyatga aylantirish va zamonaviy qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni tezlashtirish ekanini ta’kidlamoqda.
Sammitda yetakchilar Shimoliy Atlantika shartnomasining jamoaviy mudofaa haqidagi 5-moddasiga sodiqligini ham tasdiqlashi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor