NATO bosh kotibi Yevropada qurol ishlab chiqarishni oshirishga chaqirdi

Siyosat

Sanoat bazasini kengaytirish Ukrainaga yetkazib berishni ko'paytirish va zaxiralarni to'ldirish uchun zarur, deb hisoblaydi Stoltenberg.

NATO bosh kotibi Yevropada qurol ishlab chiqarishni oshirishga chaqirdi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansga aʼzo Yevropa davlatlari hududida qurol ishlab chiqarishni koʻpaytirishga chaqirdi. Bu haqda “DW” nashri xabar berdi.

“Ukrainaga yetkazib berishni ko‘paytirish va o‘z zaxiralarimizni to‘ldirishimiz uchun sanoat bazamizni tezda qayta qurishimiz va kengaytirishimiz kerak ”, dedi u “Welt am Sonntag” nashriga bergan intervyusida.

Stoltenbergning so'zlariga ko'ra, hozirgi ishlab chiqarish sur'ati, tinchlik davriga mos keladi, ammo keng ko'lamli mojaro uchun emas.

Shu bilan birga, NATO bosh kotibi alyans Rossiya bilan urush boʻlishini kutayotgani yo'qligini, balki o'nlab yillar davom etishi mumkin bo'lgan qarama-qarshilikka tayyorlanishi kerakligini eslatdi. U Ukrainada Vladimir Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim vazifa ekanini ta’kidladi: “Agar Putin Ukrainada g‘alaba qozonsa, Rossiya tajovuzkorligi boshqa mamlakatlarga tarqalmasligiga kafolat yo‘q”.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing