NATO Ukrainadagi vaziyat qachon boshi berk ko'chadan chiqishini aytdi
Dunyo
NATO Ukrainadagi vaziyat 2024-yil oxirigacha boshi berk ko‘chada qoladi, G‘arb esa Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, deb hisoblaydi. Bu haqda Politico NATOga a’zo mamlakatlaridan birining ismi oshkor etilmagan diplomatiga tayanib xabar berdi.
"Shubhasizki, joriy yilning qolgan qismida urush boshi berk ko'chada qolishda davom etadi", - dedi u.
9–11-iyul kunlari Vashingtonda NATOning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtdi.
NATO sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Donald Trampning Floridadagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi. “Biz tinchlik o'rnatish yo'llarini muhokama qildik. Kunning yaxshi xabari: u urushni to’xtatmoqchi!”- deb yozdi Viktor Orban X ijtimoiy tarmog'ida. O'z navbatida, AQShning sobiq prezidenti Orbanga minnatdorchilik bildirdi. "Tinchlik imkon qadar tezroq o’rnatilishi kerak. Hech qachon boshlanmasligi kerak bo'lgan urushda juda ko'p odamlar halok bo'ldi!" - deb yozdi Tramp o‘zining TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida.

Powered by Froala Editor