Netflix akkauntidan koʻpchilik boʻlib foydalanish cheklanadi

Texnologiya

Netflix kompaniyasi AQSH va 100 dan ortiq boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilariga o'z akkauntlarini oila a’zolaridan tashqari boshqalarga bepul baham ko'rish mumkin emasligi haqida ogohlantirmoqda. Ushbu ogohlantirish haqida mijozlarga elektron pochta xabarlari yuborilgan.

Netflix akkauntidan koʻpchilik boʻlib foydalanish cheklanadi
Ogohlantirishda, Netflix hisobidan faqat bitta uyda foydalanish kerakligi aytiladi. Foydalanuvchi faqatgina qoʻshimcha haq evaziga oʻz uylaridan tashqarida aʼzo qoʻshishlari mumkin. Qo'shma Shtatlarda ushbu to'lov oyiga 8 dollarni tashkil qiladi.

Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko'ra, 100 milliondan ziyod foydalanuvchilar o'z akkauntini boshqalar bilan boʻlishgan. Mart oyi oxiri holatiga ko'ra, Netflixning pul to'lovchi mijozlari butun dunyo bo'ylab 232,5 millionni tashkil etgan.

Yangi siyosatlarga ko'ra, bir xonadonda yashovchi odamlar Netflix akkauntini bir-biri bilan baham ko'rishda davom etishlari va sayohat paytida undan turli qurilmalarda foydalanishlari mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing