Nodirbek Abdusattorov “ChessKid Cup-2023” turniri Grand finaliga yoʻl oldi

Sport

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov “ChessKid Cup-2023” turniri Grand finaliga yo‘l oldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nodirbek Abdusattorov “ChessKid Cup-2023” turniri Grand finaliga yoʻl oldi
Qayd etilishicha, Nodirbek Abdusattorov onlayn tarzda o‘tkazilayotgan “ChessKid Cup-2023” turnirida ishtirok etmoqda. U 24-may kuni turnirning 1-divizioni finalida niderlandiyalik Jorden van Forestga qarshi dona surgan.

Qora donalarda o‘yin o‘tkazgan shaxmatchi 2,5:1,5 hisobida raqibini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘lib, turnirning Grand finalida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan.

Mukofot jamg‘armasi 2 mln dollardan iborat bo‘lgan “Champions Chess Tour ChessKid Cup-2023” onlayn turniri 27-mayga qadar davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing