Qozog‘istonda noqonuniy boyliklar musodara qilindi
Dunyo
Qozog‘iston tarixida birinchi marta davlat noqonuniy boyliklarni musodara qildi
Qozog‘iston Respublikasi yangi qonun asosida davlatga noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan boyliklarni qaytarish amaliyotini boshladi. 2023-yilda joriy etilgan qonun doirasida, davlat maxsus qo‘mita tashkil etdi va birinchi bor yirik miqdordagi boylik musodara qilindi.
Jumladan, sud jarayoni davomida, davlatga qiymati 10 million dollardan ortiq bo‘lgan noma’lum kelib chiqishga ega mol-mulkni davlat foydasiga o‘tkazish bo‘yicha da’vo kiritildi. Ushbu da’voga asosan, mol-mulk egasi o‘z mulkini qonuniy yo‘llar bilan orttirganligini isbotlay olmadi.
Natijada, davlat foydasiga naqd pul va tarixiy-madaniy merosga oid qimmatbaho buyumlar musodara qilindi. Ushbu meros ashyolari, ekspertlarning fikriga ko‘ra, Saklar davriga taalluqli.
Bu voqea Qozog‘istonda noqonuniy boyliklarga qarshi kurashda muhim qadam bo‘ldi va kelgusida bu yo‘nalishda yana ko‘plab ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor