Noqonuniy Psixologik Yordam javobgarlikka sabab bo‘ladi

O'zbekiston

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Ushbu qonun psixologik yordam ko‘rsatish sohasini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.

Noqonuniy Psixologik Yordam javobgarlikka sabab bo‘ladi
Qonun loyihasida aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari, vazifalari, turlari va standartlari aniq belgilangan. Shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari, bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalari va boshqa muhim masalalar ko‘rib chiqilgan.

Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish kiritilib, psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarning javobgarligi belgilangan. Bu aholini sifatsiz psixologik yordamdan himoya qilishga qaratilgan.

Majlisda qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, uning aholiga sifatli psixologik yordam ko‘rsatish va psixologlarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Qonun loyihasi qabul qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing