Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasida ish boshladi

O'zbekiston

U Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasida ish boshladi
O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Davletova Nozimaxon Eldarovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur tayinlovga qadar u Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Nozimaxon Davletova 1988-yilda tug‘ilgan. Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Sukuba universitetining xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan.

U analitika sohasida faoliyat koʻrsatgan, JIDU va Toshkentdagi Webster universitetida dars bergan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing