Nurlan Saburovga Rossiyaga 50 yilga kirish taqiqlandi

Dunyo

Stand-up komik mamlakatga yarim asr davomida kira olmaydi — qaror migratsiya va soliq qonunchiligini buzishi hamda Ukrainadagi maxsus operatsiyani tanqid qilgani bilan bog‘liq.

Nurlan Saburovga Rossiyaga 50 yilga kirish taqiqlandi
Mash ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga kirish taqiqi 2026 yil 30 yanvardan kuchga kirdi. Komik Dubaydan kelganidan so‘ng Moskva Vnukovo aeroportida nazoratda to‘xtatildi va qaytib ucholmay qoldi, chunki bileti uchun mablag‘ yo‘q edi.

Mash xabariga ko‘ra, qaror oldingi migratsiya va soliq qonunchiligi buzilishi hamda Saburovning Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga oid jamoat tanqidlari bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil dekabr oyida Obninsk shahrida (Kaluga viloyati) komikning kontserti kutilmaganda bekor qilindi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, buning sabablaridan biri Saburovning 2022 yilgi kontsertidagi ruslarga oid hazillari bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing