Odamlar robotlarga qarshi
Texnologiya
Xitoyda ilmiy fantastikaga arziydigan voqea sodir bo‘ldi: Pekin ko‘chalariga 10 ming yuguruvchi bilan birga 20 ta gumanoid robotlar chiqdi. Ular shunchaki ommaviy yugurishda qatnashishmadi - ulardan biri haqiqiy sport natijasini ko‘rsatdi.
Pekinda dunyodagi birinchi yarim marafon bo‘lib o‘tdi, unda robot-gumanoidlar odamlar bilan birga masofani bosib o‘tdi. Keng ko‘lamli poygada 10 mingga yaqin kishi va 20 ta avtonom mashina ishtirok etdi.
Robotlar orasida yetakchi Tiangong Ultra bo‘lib, u 21,1 km masofani 2 soat 40 daqiqada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu robotlar nafaqat yurish yoki manyovrlarni namoyish etadigan, balki to‘liq masofada tirik sportchilar bilan raqobatlashadigan birinchi rasmiy sport sinovi bo‘ldi.
Tashkilotchilar tajribani sun’iy intellekt va robototexnikani insonning kundalik va hatto sport hayotiga integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadam deb atamoqda. Qayd etilishicha, loyiha zamonaviy robotlarning uzoq muddatli jismoniy yuklama sharoitida chidamliligi va barqarorligini o‘rganishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor