O'ktam Umurzakov: Ilm-fan va ta'lim qahramoni

O'zbekiston

‌Bugun O'ktam Umurzakovning vafot etganiga uch yil bo'ldi. Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori va iqtisod fanlari doktori bo‘lgan O'ktam Umurzakov o‘z sohasida katta iz va yuzlab shogirdlar qoldirgan.

O'ktam Umurzakov: Ilm-fan va ta'lim qahramoni
‌1952-yil 20-avgustda tug‘ilgan O'ktam Umurzakov butun hayotini ilm-fan va ta’limga bag‘ishlagan. U yoshlar ittifoqi mukofoti laureati, "O‘zbekiston mustaqilligining 20-yilligi" ko'krak nishoni va "O‘zbekiston suv xo'jaligi a'lochisi" kabi mukofotlar bilan taqdirlangan. O'ktam Pardaevich ilmiy ishlari va tashkilotchilik qobiliyati bilan nafaqat institut, balki butun respublika miqyosida e'tibor qozongan.

O'ktam Umurzakovning 50 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 120 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi bo‘lgan. Uning rahbarligida o‘tkazilgan CONMECHYDRO xalqaro konferensiyalari ilmiy tadqiqotlar uchun katta maydon yaratdi. G‘amxo‘r va talabchan murabbiy sifatida u 20 dan ortiq fan doktorlari va nomzodlarining ilmiy rahbari bo‘lgan.

Bugungi kunda biz O'ktam Umurzakovni xotirlab, chuqur hurmat bilan eslaymiz va uning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasini qadrlaymiz. U kishi nafaqat buyuk olim, balki samimiy ustoz, mehribon rahbar va fidoyi inson edi.

O'ktam Pardaevich Umurzakov (1952-2021)

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing