Olimlar Eynshteyn halqasini suratga olishdi. Bu kosmosning egriligini isbotladi

Dunyo

Taqdqiqotchilar suratga olgan ko'zni qamashtiruvchi tasvirda yulduzlar yorug'ligi tortishish ta'sirida egilgan 4 milliard yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan galaktikani ko'rishdi. Bu kosmosning galaktikaning tortishish kuchi bilan haddan tashqari egilishini ochib berdi.

Olimlar Eynshteyn halqasini suratga olishdi. Bu kosmosning egriligini isbotladi
Evklid kosmik teleskopi fazoning tortish kuchi ta’sirida yorug‘likning egilish hodisasini tasvirga oldi. Bu hodisa Einshteyn halqasi deb ataladi.

Suratda NGC 6505 galaktikasi atrofida mukammal yorug‘lik halqasi hosil bo‘lgan. Ushbu doira 4,42 milliard yorug‘lik yili uzoqlikdagi galaktikaning nurlari oldinda joylashgan galaktika atrofida egilib, yo‘lini o‘zgartirgani tufayli yuzaga kelgan.

Albert Einshteynning nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, yorug‘lik katta massali jismlar yaqinidan o‘tganda egilishi kerak. Galaktikalar ulkan linzalar kabi ishlaydi va uzoqdagi obyektlarning shaklini o‘zgartiradi.

Tadqiqotchilar ushbu halqa orqali oldingi galaktikaning massasini va qorong‘i moddaning mavjudligini o‘rganmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, NGC 6505 galaktikasining 11% qorong‘i moddadan iborat.

Evropa kosmik agentligining 1 milliard yevrolik Evklid missiyasi koinotning eng yirik 3D xaritasini yaratish va koinot kengayishini tezlashtiruvchi qorong‘i energiyani o‘rganish uchun ishga tushirilgan.

Bu teleskop 10 milliard yorug‘lik yiligacha bo‘lgan obyektlarni kuzata oladi. Biroq, yaqin atrofdagi galaktikalarning ham mislsiz aniqlikda tasvirlarini olishga qodir.

Evropa kosmik agentligi olimi Valeriya Pettorino shunday dedi:"Bu galaktika 1884-yildan beri ma’lum bo‘lsa-da, bu halqa ilgari hech qachon kuzatilmagan. Evklid teleskopining kuchini isbotlovchi muhim kashfiyot!"

Bu tasvir qorong‘i modda va energiya kabi sirli hodisalarni tushunishda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing