OpenAI rahbari sun'iy intellektni boshqarish usulini taklif qildi

Texnologiya

OpenAI asoschisi va bosh direktori Sem Altmanning so'zlariga ko'ra, dunyo Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlikka (MAGATE) o'xshash sun'iy intellektni (AI) tartibga solish va xavfsizligi bilan shug'ullanadigan xalqaro tashkilotni yaratishga muhtoj.

OpenAI rahbari sun'iy intellektni boshqarish usulini taklif qildi
Dubayda boʻlib oʻtgan Jahon hukumati sammitida videoaloqa orqali soʻzga chiqqan Altman xavfsizlik choralari va butun dunyoga taʼsir koʻrsatadigan super sun'iy intellektdan qanday foydalanish haqida oldindan oʻylash zarurligini taʼkidladi.

U butun dunyo hukumatlarini muhokamadan harakatga o‘tishga chaqirdi va sun'iy intellekt texnologiyasini o‘rganish va tartibga solish uchun eksperimental platforma yaratishni taklif qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing