Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
O'zbekiston
Bangkokda Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 43-Bosh Assambleyasi bo’lib o’tdi. Bu haqda Oʻzbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinishicha, dastavval, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx barcha delegatlarni qutlab, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Assambleya Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Tomas Baxning OOK oilasiga yoʻllagan murojaati bilan boshlandi.
Shundan soʻng uzoq yillar qitʼamizda Olimpiya harakati rivojiga hissa qoʻshgan mutasaddilarga OOKning eng nufuli sovrini – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.
Ahamiyatlisi, ulardan biri Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovga tantanali ravishda taqdim etildi. Oybek Omilovich mukofotni Raja Randxir Singxdan qabul qilib oldi.
Tadbir doirasida mezbon davlatlar oldinda turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik boʻyicha taqdimot oʻtkazdi. Shu jumladan, Oʻzbekiston tomoni ham Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlariga koʻrilayotgan hozirlik boʻyicha qitʼadoshlarimizga maʼlumot berdi.

Powered by Froala Editor