O'zbekiston agrohamkorlik chegaralarini kengaytirmoqda
O'zbekiston
2025-yil 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mongoliyaga 24–25-iyun kunlari amalga oshirilgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha choralarni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi. Hujjat ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli reja va maqsadlarni o‘z ichiga olgan.
Kelishuvlar doirasida O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh mayda shoxli chorva mollarini import qilishni va 2029-yilga borib ularning sonini bir millionga yetkazishni rejalashtirmoqda. Hayvonlar mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan holda naslchilik asosida ko‘paytiriladi. Tadbirkorlarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘zda tutuvchi imtiyozlar — havo transporti xarajatlarining 50 foizini qoplash, QQSni kechiktirib to‘lash imkoniyati va 5 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, jun va kashemirni qayta ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. 2025-yil oxirigacha Mongoliyadan O‘zbekistonga markazlashtirilgan tartibda xomashyo olib kelinadi va 2026-yilga borib yurtimizdagi to‘qimachilik korxonalarida aralash ip-gazlama ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mongoliyada esa qo‘shma korxona tashkil etilib, unga o‘zbek mutaxassislari jalb etiladi.
O‘zbekistonning Mongoliyaga eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 10 baravarga oshiriladi. Buning uchun Ulan-Batorda “O‘zbekiston mahsulotlari” stendlari tashkil etilib, savdo uyi ochiladi, shuningdek, mahalliy bozorlarda mahsulot yarmarkalari o‘tkaziladi. Qolaversa, O‘zbekiston Mongoliyaga sovuqqa chidamli mevali daraxt ko‘chatlari va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini yetkazib berib, zamonaviy intensiv bog‘ barpo etilishiga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, ilmiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar ham mavjud: 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent qishloq xo‘jaligi universiteti hamda Mongoliya tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida qo‘shma magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyat tegishli vazirlik va hokimliklarga yuklatilgan. Loyihada ishtirok etuvchi tadbirkorlar uchun yer ajratiladi, investitsiya va veterinariya yordami ko‘rsatiladi.

Powered by Froala Editor