O‘zbekiston AQShni mag‘lub etib, Samarqanddagi shaxmat Olimpiadasida yakka peshqadamga aylandi
Sport
O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining to‘qqizinchi turida AQShni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, 16 ta jamoaviy ochko bilan yakka peshqadamga aylandi. Jamoaga hal qiluvchi g‘alabalarni Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev keltirdi. Ular mos ravishda Fabiano Karuana va Hans Nimannga qarshi bahslarda g‘alaba qozondi.
Ikkinchi taxtada Javohir Sindorov amerikalik Uesli Soga imkoniyatni boy berdi. Bu uning Olimpiadadagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. To‘qqizinchi turga qadar Sindorov yetti partiyada 5,5 ochko jamg‘argan — to‘rtta g‘alaba va uchta durang qayd etgan. Muxiddin Madaminov Levon Aronyanga qarshi bahsni durang bilan yakunladi. Natijada O‘zbekiston ikkita g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat evaziga 2,5:1,5 hisobida ustun keldi.
Bu g‘alaba Germaniyaga qarshi sakkizinchi turdagi mag‘lubiyatdan keyin ayniqsa muhim bo‘ldi. AQSh terma jamoasi esa Olimpiadaga boshlang‘ich reyting bo‘yicha birinchi raqamli jamoa sifatida kirgan edi. To‘qqiz turdan so‘ng AQSh 13 ta jamoaviy ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi ham kuchli natija qayd etdi. Olimpiadani 30-raqamli tarkib sifatida boshlagan O‘zbekiston-2 boshlang‘ich reytingda oltinchi bo‘lgan Niderlandiyani 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi. Jahongir Vohidov Anish Girini, Muhammadzohid Suyarov Lyuk van Velini, Ortiq Nigmatov Ervin L’Amini mag‘lub etdi. Abdimaliк Abdisalimov esa Yorden van Forest bilan durang o‘ynadi. O‘zbekiston-2 15 ta jamoaviy ochko jamg‘arib, yetakchining eng yaqin ta’qibchilari guruhidan joy oldi.
To‘qqiz turdan keyin O‘zbekiston 16 ochko bilan birinchi o‘rinda. Hindiston, Armaniston va O‘zbekiston-2 hisobida 15 ochkodan bor. Xitoy, Germaniya va Fransiya 14 ochkodan jamg‘argan. Hindiston Germaniyani 2,5:1,5, Armaniston esa Ozarbayjonni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Fransiya va Xitoy uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi.
Ayollar turnirida O‘zbekistonning asosiy jamoasi Hindistonga 1:3 hisobida yutqazdi. Afruza Hamdamova Hampy Koneru bilan durang o‘ynadi, Gulruxbegim Tohirjonova Divya Deshmuxkga, Nilufarxon Imomquziyeva Vantika Agravalga mag‘lub bo‘ldi. Guldona Karimova esa Savita Shri bilan durang qayd etdi. To‘qqiz turdan keyin O‘zbekiston 13 ochko bilan 15-o‘rinda.
Oldinda ikki tur qoldi. 10-turda O‘zbekistonning asosiy jamoasi 15 ochkoga ega Armanistonga qarshi o‘ynaydi. O‘zbekiston-2 xuddi shuncha ochko to‘plagan Hindiston bilan uchrashadi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi bahs olib boradi.

Powered by Froala Editor