O'zbekiston banklari yangi ish o'rinlari yaratayotgan tadbirkorlar uchun kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini pasaytiradi

Iqtisodiyot

Prezident aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini Yunusobod tumani misolida tushuntirdi. Buni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qildi.

O'zbekiston banklari yangi ish o'rinlari yaratayotgan tadbirkorlar uchun kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini pasaytiradi
Yunusobodning chekka qismi bilan poytaxtning markaziy qismidagi mahalla o‘rtasidagi farq juda katta ekani, aholi daromadi va yaratilgan sharoit bo‘yicha vaziyat bir xil emasligi ta’kidlandi.

Shu bois, banklar filiallari faqat mijozni hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi emas, balki o‘zining yirik mijozlari va tumandagi mahallalarni bog‘laydigan ko‘prik bo‘lishi muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, yangi tizimni joriy qilish taklif qilindi. Unga ko‘ra, endilikda banklar tadbirkorlar ish o‘rni yaratganidan keyin ularga berilgan kredit foizini tushirib boradi.

Yunusobod tumanidagi ba’zi binolarni yerosti avtoturargohi bor ko‘p qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish obyektlari, ofis va mehmonxona shaklida qayta qurish sharti bilan loyihalar amalga oshirilsa, tadbirkorlar va ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish mumkinligi qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing