Oʻzbekiston birinchi yarim yillikda $7,4 mlrd xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirdi
Iqtisodiyot
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan 17 loyiha doirasida $2,3 mlrdlik kredit shartnomalari imzolagan. Yil boshidan buyon jami $7,4 mlrdlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga $7,4 mlrd xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Strategik ishlab chiqish va tahlil qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dadaxon Jumaniyozov ma’lum qildi.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari bilan 17 loyiha bo‘yicha $2,3 mlrdlik kredit shartnomalari tuzilgan.
Shu bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning $2,9 mlrd tarmoq, $4 mlrd hududiy loyihalar hisobidan o‘zlashtirilgan.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning belgilangan davrida umumiy qiymati $1,6 mlrdlik 2 706 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 41 548 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan boʻlsa, amalda $2,9 mlrdlik 4 523 ta loyiha ishga tushirilib, buning natijasida 73 654 ta (32 029 ta koʻproq) yangi ish oʻrni yaratildi.

Powered by Froala Editor