O‘zbekiston chovken bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda 5–7-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekiston chovken bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Musobaqa Universal Horses Stable ot sporti klubida o‘tkazilib, unda BAA, Pokiston, Gongkong, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston jamoalari ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda ishonchli g‘alabaga erishdi: birinchi kuni BAA (3:0), ikkinchi kuni Qozog‘iston (7:0) ustidan zafar quchdi, uchinchi kuni esa Pokistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston oltin, Pokiston kumush, Qozog‘iston bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Chovken federatsiyasi atigi bir yil avval, 2024-yil sentabr oyida tashkil etilgan bo‘lsa-da, bugun xalqaro maydonda yirik yutuqlarga erishmoqda. Jamoamiz endi 25-sentabrdan 9-oktabrgacha Ozarbayjonda o‘tadigan MDH davlatlari o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing