O'zbekiston elektrotexnika sanoatida yuksalish

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasidagi sarmoyalar, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq tajribali tadbirkor ishtirok etdi.

O'zbekiston elektrotexnika sanoatida yuksalish
Oxirgi yetti yil ichida soha taraqqiyoti uchun 1 milliard dollar investitsiya jalb etilib, 762 yangi korxona ishga tushirilgani ta’kidlandi. Shu vaqt ichida 45 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu ko‘rsatkichlar sanoatning dinamik rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobar o‘sdi va yillik daromadi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar soni 6 tadan 25 taga yetdi. Bu esa davlat byudjetiga tushumlarning 8 barobarga oshishiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, so‘nggi uch yil ichida mahsulotlarimiz eksport qilinadigan davlatlar soni ikki baravar oshib, 62 mamlakatga yetdi, bu esa xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarining sezilarli darajada kengayganidan dalolat beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing