O‘zbekiston eng yirik etanol zavodini qurmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston mintaqadagi eng yirik sanoat loyihalaridan birini yo‘lga qo‘ymoqda — Xorazm viloyatida Markaziy Osiyodagi eng katta etanol ishlab chiqarish zavodi barpo etiladi. Yangi korxona kelajak yoqilg‘ilarini ishlab chiqarishda muhim bo‘g‘inga aylanishi kutilmoqda.
Xorazm viloyatida Markaziy Osiyodagi eng yirik etanol ishlab chiqarish zavodi quriladi. Loyiha O‘zbekistonning Allied Biofuels FE LLC kompaniyasi hamda Hindistonning Praj Industries Ltd o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshiriladi.
Hamkorlik doirasida Praj kompaniyasi kuniga 890 tonnagacha etanol ishlab chiqarish imkonini beruvchi qayta ishlash texnologiyalarini taqdim etadi. Ishlab chiqarilgan etanol Allied Biofuels’ning ilg‘or yoqilg‘i majmuasi uchun asosiy xomashyo bo‘ladi. Majmua yiliga 160 ming tonnadan ortiq barqaror aviayoqilg‘i (SAF) va 5 ming tonnadan ziyod “yashil” dizel ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Loyiha mamlakatda yuqori texnologiyali va ekologik yoqilg‘i sanoatini rivojlantirishda muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda.

Powered by Froala Editor