O‘zbekiston Eronga 15 ta yuk mashinasida gumanitar yordam yubordi

O'zbekiston

O‘zbekiston Yaqin Sharqda gumanitar ko‘priklarni mustahkamlashda davom etmoqda. Keng ko‘lamli oziq-ovqat missiyasidan atigi ikki oy o‘tib, Toshkent Eron bilan birdamlik dasturining ikkinchi bosqichini boshladi. Bu safar chegara orqali minglab insonlar hayotini saqlab qolish hamda mahalliy sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yukni kamaytirishga qaratilgan, o‘ta muhim tibbiy vositalar ortilgan avvokarvon o‘tdi.

O‘zbekiston Eronga 15 ta yuk mashinasida gumanitar yordam yubordi
O‘zbekiston Eronga gumanitar yordamning ikkinchi turkumini yubordi. 15 ta og‘ir yuk mashinasidan iborat karvon “Dargaz” xalqaro quruqlikdagi chegara punkti orqali o‘tdi. Ushbu karvon to‘liq eng zarur farmatsevtika preparatlari va tibbiy buyumlar bilan butlangan.

Barcha yuklar Eron Qizil Yarim Oy jamiyatiga topshiriladi, uning xodimlari yordamni muhtoj fuqarolarga taqsimlash bilan shug‘ullanadi. Mazkur aksiya joriy yilning mart oyidagi birinchi missiyaning davomi bo‘ldi — o‘shanda Toshkent Eronga tonnalab birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlari (un, guruch, yog‘, konservalar) va hayotiy muhim dori-darmonlarni yetkazib bergan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing