O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam yubordi

O'zbekiston

O‘zbekiston mintaqadagi keskin vaziyat fonida Eronga oziq-ovqat va dori vositalaridan iborat gumanitar yordam yubordi.

O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam yubordi
16 mart kuni O‘zbekiston tomonidan Eronga gumanitar yuk jo‘natildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Yuk Turkmaniston hududi orqali yetkazilib, allaqachon qabul qiluvchi tomonga topshirildi.

Yordam tarkibiga un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i, konservalar, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar kiritilgan.

Yukni qabul qilish marosimida Eronning rasmiy vakillari va diplomatlari ishtirok etdi. Yukni O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshanbek Alimov topshirdi.

Eron tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, bu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.

Mazkur yordam mintaqada davom etayotgan mojaro va beqarorlik kuchaygan bir paytda amalga oshirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing