O‘zbekiston Formula-1 poygasini qabul qilishi mumkin
Sport
O‘zbekiston Formula-1 jahon chempionati bosqichini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yangi davlatlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Britaniyalik sport tahlilchisi Jo Sovard ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent ushbu nufuzli musobaqani qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — bu mamlakatning sport infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro nufuzini mustahkamlash strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Mashhur britaniyalik jurnalist va tahlilchi Jo Sovard o‘z blogida yozishicha, O‘zbekiston Formula-1 poygasini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmoqda. Unga ko‘ra, Singapur Gran-prisi doirasida Tailand, Janubiy Koreya va O‘zbekiston vakillari o‘z mamlakatlarida musobaqalar tashkil etish masalasini muhokama qilgan.
Sovardning ta’kidlashicha, Toshkent Markaziy Osiyoda avtosport markaziga aylanishni maqsad qilgan va xalqaro poygalar o‘tkazish mamlakat modernizatsiyasi hamda global maydondagi imijini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
Dekabr oyida Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Bosh assambleyasi o‘tkazilishi ham bu yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishning amaliy isbotidir. Ushbu tadbirni o‘tkazish xarajatlarini O‘zbekiston tomoni o‘z zimmasiga olgan.
Mutaxassis fikricha, bu tashabbus mamlakatning sport infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan siyosatiga to‘liq mos keladi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston sport sohasida boshqa yutuqlarga ham erishdi — milliy futbol terma jamoasi ilk bor FIFA jahon chempionatiga yo‘llanma oldi, bu esa mamlakat sport tarixidagi muhim burilish bo‘ldi.

Powered by Froala Editor