O‘zbekiston Janubiy Koreyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Sport

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogida yirik sensatsiyaga imzo chekdi. Jamoa guruhning asosiy favoriti hisoblangan Janubiy Koreyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga birinchi o‘rin bilan yo‘l oldi.

O‘zbekiston Janubiy Koreyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi
Uchrashuv Osiyo Kubogi guruh bosqichining uchinchi turida Ar-Riyod shahridagi Shahzoda Faysal bin Fahd stadionida bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘lim golsiz yakunlandi. Ikkinchi taym boshida, 48-daqiqada hisobni himoyachi Behruz Karimov ochdi. 70-daqiqada esa Said Nurulloyev O‘zbekistonning ustunligini mustahkamladi.

Natijada O‘zbekiston guruҳda 7 ochko jamg‘arib, C guruhini yetakchi sifatida yakunladi va pley-off yo‘llanmasini kafolatladi. Janubiy Koreya ushbu guruh va uchrashuvning asosiy favoriti sifatida baholangan edi.

C guruhida, shuningdek, Eron va Livan terma jamoalari ham ishtirok etmoqda. Osiyo Kubogi U-23 turniri 6–24 yanvar kunlari o‘tkazilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing