O‘zbekiston Kanada va Panama bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Kanada va Panama bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish yuzasidan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

O‘zbekiston Kanada va Panama bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hozirda JST a’zolari bo‘lgan qator davlatlar bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, mamlakat tashqi savdo tizimini xalqaro me’yorlarga moslashtirish, iqtisodiy ochiqlikni kuchaytirish va sarmoya muhitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing