O‘zbekiston Londonda integratsiyalashgan AES modelini taqdim etdi
Texnologiya
O‘zbekiston xalqaro yadroviy hamjamiyatga atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z yondashuvini taqdim etdi. Londonda bo‘lib o‘tgan Butunjahon yadro assotsiatsiyasining (WNA) 51-Butunjahon yadroviy simpoziumida yuqori quvvatli VVER-1000 energiya bloklari va kichik quvvatli RITM-200N reaktorlarini birlashtirgan integratsiyalashgan AES modeli namoyish etildi.
Taqdimot 10–11-sentabr kunlari «O‘zatom» agentligi delegatsiyasining ishchi tashrifi doirasida «Atom energetikasiga yangi yo‘llar» sessiyasida o‘tkazildi. Loyiha O‘zbekistonning energetik xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan islohotlari doirasida amalga oshirilmoqda.
Ishtirokchilar sohani izchil rivojlantirish, jumladan, institutsional tizimni shakllantirish, uzoq muddatli rejalashtirish, me’yoriy-huquqiy va infratuzilmaviy bazani yaratish hamda xalqaro ekspertizani jalb etish tajribasiga ijobiy baho berdi. Ruanda Prezidenti maslahatchisi, mamlakat Atom energetikasi kengashi raisi Lassina Zerbo O‘zbekiston tajribasini rivojlanayotgan davlatlar uchun namunali deb atab, «O‘zatom»ning sohaning yagona muvofiqlashtiruvchisi sifatidagi rolini alohida ta’kidladi.
Simpozium doirasida xalqaro hamkorlar bilan ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazildi. Fransiyaning Orano kompaniyasi bilan yadroviy yoqilg‘i sikli va ishlatilgan yadroviy yoqilg‘ini boshqarish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar maslahatlashuvlarni davom ettirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning Fransiyadagi tegishli obyektlarga tashrifini tashkil etishga kelishib oldi.
WNA va Butunjahon yadro universiteti rahbariyati bilan O‘zbekistonning assotsiatsiyaga to‘laqonli a’zo bo‘lish istiqbollari, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik va ta’lim dasturlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston universitet tadbirlarini o‘tkazish uchun nomzodlar qatoriga ham kiritildi.
AtkinsRéalis kompaniyasi bilan CANDU reaktorlari texnologiyasi va ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Ruanda atom energetikasi vakillari bilan esa tajriba almashish va qo‘shma tanishuv tadbirlarini o‘tkazishga qiziqish bildirildi.

Powered by Froala Editor