O‘zbekiston Markaziy Osiyo talabalar sportining birinchi xalqaro forumiga mezbonlik qiladi
Sport
2026-yil 29-sentabrdan 2-oktabrgacha Toshkent va Samarqandda I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Ederning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Forum FISU rahbariyati va mintaqa mamlakatlarining talabalar sporti federatsiyalari vakillarini birlashtiradi. Uning asosiy maqsadlari universitet sportini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tajriba almashishni kengaytirishdan iborat.
Tashrif davomida Leonz Eder O‘zbekistonda shakllanayotgan talabalar sportini rivojlantirish modeli, uning tashkiliy mexanizmlari va amaliy natijalari bilan tanishadi. O‘zbekistonning bu boradagi tajribasini xalqaro sport hamjamiyatiga taqdim etishga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Forum dasturidan Markaziy Osiyo va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokidagi uchrashuv va muhokamalar o‘rin olgan. Tomonlar universitet sportining dolzarb masalalari, uni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
Tadbirda FISU rahbariyati, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va Turkmaniston talabalar sporti federatsiyalari delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.
Dasturning alohida qismi talabalar o‘rtasidagi “Besh tashabbus” olimpiadasiga bag‘ishlanadi. 29-sentabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida musobaqalarning ochilish marosimi rejalashtirilgan bo‘lib, unda FISU prezidenti Leonz Eder ham qatnashadi. Olimpiada talabalar o‘rtasida bir qator sport yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Forum 2-oktabrgacha davom etib, Markaziy Osiyodagi universitet sporti tashkilotlari va FISU o‘rtasidagi hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini muhokama qilish maydoniga aylanadi.

Powered by Froala Editor