O‘zbekiston Markaziy Osiyoda raqamli yetakchiga aylanishi mumkin

Texnologiya

Bu haqda moliyaviy industriyada biometrikadan foydalanish xususiyatlarini ko‘rib chiqqan VisionLabs’ning bank sektorini rivojlantirish bo‘yicha direktori Yevgeniy Zaika ma’lum qildi, deb xabar bermoqda PLUSworld.ru axborot-tahliliy portali.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda raqamli yetakchiga aylanishi mumkin
Sessiya chog’ida “Raqamli masofaviy banking. Moliyaviy platformalarda bank va nobank xizmatlari. Masofaviy identifikatsiya” mavzusidagi nutqida u VisionLabs algoritmlarining afzalliklari, jumladan, firibgarlik hujumlariga chidamliligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Yaqinda o'tkazilgan xalqaro sinovlar shuni ko'rsatdiki, kompaniya beshta toifadan uchtasida dunyoda 1-o'rinni egalladi.

Xulosa o‘rnida ma’ruzachi aynan O‘zbekiston tez orada Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida raqamli yetakchiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi va O’zbekiston aholisining aksariyat qismini yoshlar tashkil etishini hamda raqamli texnologiyalar davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini isbot qilib keltirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing