O‘zbekiston pasporti VisaGuide Passport Index reytingida 128-o‘rinni egalladi

O'zbekiston

Markaziy osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natija Qozog‘istonga tegishli boʻlib qolmoqda.

O‘zbekiston pasporti VisaGuide Passport Index reytingida 128-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston fuqarolari 31 ta davlatga erkin kirishlari va 32 ta mamlakatga esa yetib kelganda viza rasmiylashtirishlari mumkin. Bu haqda VisaGuide.World sayti ma’lumotida keltirilgan.

Unga koʻra, Markaziy osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston eng yaxshi natijani qayd etgan – 110-o‘rin, Qirg‘iziston 131-o‘rin, Tojikiston 139-o‘rin, Turkmaniston 166-o‘rindan joy olgan.

Reytingda dunyodagi eng kuchli pasport sifatida Ispaniya pasporti koʻrsatilgan boʻlib, undan keyin Germaniya va Singapur oʻrin olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing