O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonga keldi
Siyosat
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu tashrif doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qilishi kutilmoqda.
12-mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirlari Kohir Rasulzoda va Abdulla Aripov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, uning yakuni bo‘yicha tegishli hujjat imzolanadi.
Eslatib o’tamiz, 10-mart kuni Dushanbe shahrida Oʻzbekiston sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Zavqi Zavqizoda oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
“Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ustuvor investisiya loyihalarini amalga oshirish jumladan, Tojikistonda avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarish va O‘zbekiston avtomobil sanoati ehtiyojlari uchun “TALKO” OAJ negizida shinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Zarafshon daryosida ikkita gidroyelektr stansiyasini birgalikda qurish yuzasidan fikr almashildi”, — deb yozadi agentlik.
Ta’kidlanishicha, “bugungi kunda Tojikiston va Oʻzbekiston eng ishonchli va strategik hamkorlardan biridir”.
“2023-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo hajmi $504,4 millionni tashkil etdi, O‘zbekiston 6,1% ulush bilan Tojikiston tashqi savdo aylanmasi tarkibida 5-o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor