O‘zbekiston Respublikasi yangi Harbiy prokurori tayinlandi

O'zbekiston

Prezident Otabek Xolboyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari - Harbiy prokurori lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi yangi Harbiy prokurori tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Otabek Akbarovich Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Otabek Xolboyev Harbiy prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan va harbiy prokuratura tizimida katta tajribaga ega.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing