O‘zbekiston talabalari Xitoydagi xalqaro robototexnika chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Texnologiya
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Xitoyning Xaynan provinsiyasi Sanya shahrida o‘tkazilgan xalqaro robototexnika chempionatida kumush medal sohibiga aylandi. Jamoa Runner Up toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi hamda FIRST Tech Challenge (FTC) China Offseason Event turnirida «Eng faol va namunali jamoa» maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston jamoalarining xalqaro musobaqadagi ishtiroki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan First Robotics Uzbekistan musobaqasidagi g‘alabasi natijasida ta’minlandi. G‘oliblar «Kelajak muhandislari» festivali doirasida, «Muhandislik oyligi» tadbirlari davomida xalqaro chempionatda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Musobaqalarda O‘zbekiston nomidan Olmaliq davlat texnika instituti, Toshkent davlat transport universiteti va Buxoro davlat texnika universiteti jamoalari qatnashdi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 World Robot Contest (WRC) Championships musobaqasida 25 dan ortiq davlatdan 10 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashgan.
Mazkur natijalar o‘zbekistonlik talabalarning xalqaro robototexnika va muhandislik musobaqalaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini yana bir bor namoyish etdi.

Powered by Froala Editor