O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb $51 mlrdga yetdi

Iqtisodiyot

O‘zbekiston dunyoning 198 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb $51 mlrdga yetdi
Statistika agentligi O‘zbekistonning 2023-yil yanvar—oktyabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni e’lon qildi.

Unga koʻra, o‘tgan o‘n oy ichida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 51 milliard dollarga yetgan va bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 10,3 milliard dollarga yoki 25,2 foizga ko‘paygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 20,47 milliard dollarni, import hajmi esa 30,5 milliard dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 29,1 foizga, import hajmi 22,7 foizga oshgan.

O‘zbekiston dunyoning 198 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan katta qismi Xitoy (21,2 foiz), Rossiya (15,6 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5,1 foiz) va Janubiy Koreyaga (3,7 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing