O‘zbekiston tennischilari Andijondagi ITF J30 xalqaro turnirida uchta chempionlikni qo‘lga kiritdi
Sport
Andijonda yakunlangan ITF J30 xalqaro o‘smirlar turnirida O‘zbekiston vakillari to‘rt yo‘nalishdan uchtasida g‘olib bo‘ldi. Musobaqada Muslimaxon Turdimurodova qizlar yakkalik bahsida, shuningdek O‘zbekiston tennischilari har ikki juftlik bahsida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasidagi yakkalik finalida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Muslimaxon Turdimurodova rossiyalik Vasilisa Marchenkoni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Yigitlar o‘rtasidagi yakkalik finalida o‘zbekistonlik Nikita Gafurov turnirning birinchi raqamli tennischisi, tojikistonlik Somon Amonovga 4:6, 7:6(3), 6:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada Amonov yakkalik bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Qizlar juftlik bahsida Elnura Boltaboyeva (O‘zbekiston) va Yeva Kozlova (Rossiya) finalda rossiyalik Evelina Dzepa hamda Vasilisa Marchenkoni 1:6, 7:6(4), 10:5 hisobida mag‘lub etdi.
Yigitlar juftlik bahsida esa Nikita Gafurov va Somon Amonov Qozog‘iston vakillari Diyas Tulebergenov hamda Haknazar Jetkerbayni 6:7(6), 7:5, 10:7 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘ldi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston tennischilari uchta chempionlikni qo‘lga kiritdi, Somon Amonov esa musobaqani yakkalik va juftlik bahslaridagi ikki titul bilan yakunladi.

Powered by Froala Editor