O‘zbekiston terma jamoasi Budapeshtdagi dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida ishtirok etadi
Sport
O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi 11–13-sentabr kunlari Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi «Katta dubulg‘a» turnirida qatnashadi. Musobaqada O‘zbekiston sharafini uch nafar erkak va uch nafar ayol — jami olti dzyudochi himoya qiladi.
Vengriyada o‘tkaziladigan musobaqada dunyoning 70 mamlakatidan 500 dan ortiq dzyudochi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari turnirga jo‘nab ketdi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 60 kg gacha vazn toifasida Doston Ro‘ziyev, 73 kg gacha vaznda Elbek Tojiyev va 81 kg gacha vaznda Murodjon Yo‘ldoshev ishtirok etadi.
Ayollar bahsida esa 48 kg gacha vazn toifasida Sevinch Murodova, 52 kg gacha vaznda Muhayyo Ahmadova va 78 kg gacha vaznda Marjona Kuchimova O‘zbekiston nomidan tatamiga chiqadi.
Budapeshtdagi «Katta dubulg‘a» turniri 11–13-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor