O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida artistik suzish bo‘yicha 11 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Tailandda davom etayotgan yosh toifalar o‘rtasidagi suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi artistik suzish bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Musobaqaning o‘tgan kunlari yakunlariga ko‘ra, jamoa 11 ta medal — 1 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida artistik suzish bo‘yicha 11 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonning yagona oltin medali Alisa Morkovina tomonidan U13 yosh toifasidagi yakkalik erkin dastur bahslarida qo‘lga kiritildi.

Kumush medallar Darya Kochneva (erkin dastur, yakkalik, U18), Diyora Hamzayeva va Sanjarbek Xolmuratov (erkin dastur, mikst-duet, U13), shuningdek Tevil Yunusova va Katerina Morozovaga (erkin dastur, duet, U13) nasib etdi.

Bronza medallarini U18 texnik guruh dasturi jamoasi, Yelizaveta Kasatkina (erkin dastur, yakkalik, U15), U13 va U15 sportchilaridan iborat kombinatsiyalashgan guruh, Jasur Hasanov (erkin dastur, yakkalik, U13), Sabina Mahmudova va Darya Kochneva (erkin dastur, duet, U18), Muslima Yahyoyeva va Azamat Salihov (erkin dastur, mikst-duet, U15), shuningdek Rayhona Ergasheva va Arslonbek Muminov (erkin dastur, mikst-duet, U18) qo‘lga kiritdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing