O'zbekiston TIV rahbari Rimdagi konferensiyada ishtirok etadi

Dunyo

Bugun O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Italiyaga tashrifi boshlanadi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi.

O'zbekiston TIV rahbari Rimdagi konferensiyada ishtirok etadi
«O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 28–29-may kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida bo'ladi. Tashrif davomida "Italiya – Markaziy Osiyo" formatidagi uchinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish va bir qator ikki tomonlama muzokaralar o'tkazish rejalashtirilgan», — deb yozdi TIV rahbari matbuot kotibi Axror Burxanov o'zining Telegram-kanalida.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston TIV rahbari 20–21-may kunlari Ostona shahrida bo'ldi va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etdi. Shuningdek, bir qator ikki tomonlama muzokaralar o'tkazdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing