Oʻzbekiston TIV rahbari va BMT Bosh kotibi oʻrinbosari tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Siyosat

15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston TIV rahbari va BMT Bosh kotibi oʻrinbosari tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi hamkorlikni muhokama qildi
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hamkorligimiz, bugungi dinamika, nafaqat mintaqada, balki global miqyosda mavjud va kelajakdagi chaqiriqlarga samarali yechimlarni topish masalalarini muhokama qildik. Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashi birinchi yigʻilishining muvaffaqiyatli natijalarini ko‘rib chiqdik. O‘zbekiston bilan BMTning Aksilterror boshqarmasi o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ham imzoladik», — deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etish joizki, Vladimir Voronkov boshchiligidagi BMT delegatsiyasi Qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo'yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig'ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan. Yig'ilishda, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar – BMT va YXHTning yuqori martabali mansabdor shaxslari va yetakchi mutaxassislar qatnashdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing