O‘zbekiston U20 jamoasi Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshladi!
Sport
Farhod Nishonov shogirdlari Yaman ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni himoya qilish yo‘lida ilk qadamni tashladi.
O‘zbekiston U20 terma jamoasi Xitoyda o‘tayotgan Osiyo yoshlar kubogini muvaffaqiyatli boshladi. Guruh bosqichining birinchi uchrashuvida Farhod Nishonov jamoasi Yamanni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Muhammadali Orinboev urdi.
Ushbu bahs "C" guruhida o‘tkazildi, unda shuningdek, Eron va Indoneziya jamoalari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston U20 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 16-fevral kuni Indoneziyaga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi so‘nggi Osiyo Kubogi 2023-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda terma jamoamiz finalda Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Endilikda jamoa qit’aning eng kuchli yoshlar terma jamoasi unvonini himoya qilishni maqsad qilgan.

Powered by Froala Editor