O’zbekiston uch oyda 375,3 ming tonna meva va sabzavot eksport qildi
Iqtisodiyot
2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 375,3 ming tonna meva va sabzavot eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5%ga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,2%), Rossiya (25,1%), Qozog‘iston (10,5 %) va Xitoy (9,2 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qayd etish joizki, 2024-yilning yanvar-mart oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4%ni tashkil etdi.

Powered by Froala Editor