“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – kelajak konsepsiyasi” kitobining o‘zbekcha nashri taqdim etildi

O'zbekiston

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbas Xon qalamiga mansub “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – kelajak konsepsiyasi” kitobining o‘zbekcha nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Asar Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va uning rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan.

“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – kelajak konsepsiyasi” kitobining o‘zbekcha nashri taqdim etildi
Tadbirda O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi va Oliy Majlis vakillari, Pokiston Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, vazirlik va idoralar rahbarlari, ikki davlatning ilm-fan, adabiyot va media sohasi namoyandalari ishtirok etdi.

Kitobda Uchinchi Renessans konsepsiyasining mazmuni badiiy-publitsistik yo‘sinda yoritilgan bo‘lib, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mazmuni va yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Asarga so‘zboshi Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan yozilgani ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida qayd etildi.

Taqdimot ishtirokchilari kitob xalqaro maydonda Yangi O‘zbekiston g‘oyalari va Uchinchi Renessans mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qilishiga, shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing