O‘zbekiston va AQSh 12 milliard dollarlik investitsiyaviy tashabbuslar paketini shakllantirdi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni O‘zbekiston–AQSh Biznes va investitsiyalar kengashining ikkinchi yig‘ilishi ochilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishga tayyorgarlik doirasida umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollar bo‘lgan 54 ta kelishuv va istiqbolli tashabbusdan iborat paket shakllantirildi. Ularni amalga oshirish uchun kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Tadbirda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, AQSh Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, shuningdek, yetakchi Amerika kompaniyalari va banklari vakillari qatnashdi.
Mirziyoyev O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab, siyosiy sheriklik asosida iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga chaqirdi. Sanoat va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bilan bir qatorda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, bilim va tajriba almashish ham muhimligi qayd etildi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga muhim minerallarni qazib olish va chuqur qayta ishlash, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, ishonchli energetika tizimini rivojlantirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish kiritildi. Shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va davlat boshqaruvida sun’iy intellekt hamda raqamli yechimlarni joriy etish, kadrlar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Prezident kengash faoliyatining uchta ustuvor vazifasini belgiladi. Birinchisi — amerikalik tadbirkorlar uchun aniq va barqaror sharoit yaratish. Shu maqsadda O‘zbekiston tayyor maydonlar, ulangan infratuzilma, zarur ruxsatnomalar va hujjatlarni o‘z ichiga olgan loyihalarni taklif etuvchi “plug and play” modeliga o‘tishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonlik tadbirkorlar ham bunday loyihalarda hamkor sifatida qatnashib, investitsiyaviy xatarlarni bo‘lishishi mumkin. Bu maqsadda To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi tashkil etilgan.
Ikkinchi vazifa — iqtisodiyotning yangi tarmoqlari hamda sanoat va texnologik o‘sish markazlarini birgalikda shakllantirish. Uchinchi vazifa esa kengashni uzoq muddatli iqtisodiy sheriklik mexanizmiga aylantirishdir. Shu munosabat bilan 2035-yilgacha mo‘ljallangan savdo-investitsiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.
Yig‘ilish ochilishi doirasida imzolangan hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Powered by Froala Editor