O‘zbekiston va AQSh kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotini boshladi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandda kengaytirilgan strategik sheriklik bo‘yicha muloqotning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, savdo va investitsiyalarni kengaytirish hamda muhim sohalardagi hamkorlikni muhokama qildi.
Yangi mexanizmning ishga tushirilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun asos yaratishga qaratilgan. O‘zbekiston TIV rahbarining xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari erishgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar kun tartibidan energetika, muhim minerallar va ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik o‘rin oldi. Tomonlar, shuningdek, ta’lim, madaniy-gumanitar aloqalar va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Saidov va Rubio Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tinch maqsadlarda o‘rganish hamda ulardan foydalanish tamoyillarini belgilovchi «Artemis» kelishuvlarini imzoladi. O‘zbekiston ushbu hujjatni imzolagan 77-davlat bo‘ldi.
Kelishuv O‘zbekistonning NASA va boshqa ishtirokchi davlatlarning kosmik agentliklari bilan hamkorligini kengaytirish, milliy kadrlarni tayyorlash hamda kosmik texnologiyalar transferi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
«C5+1» vazirlar uchrashuvi doirasida Saidov va Rubio «O‘zbekiston va AQSh: asrlar va qit’alar osha mushtarak tarix» ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurdi. Unda Ahmad al-Farg‘oniyning ilmiy merosi, Edgar Allan Poning Amir Temurga bag‘ishlangan she’riy to‘plami va amerikalik sayohatchilarning O‘zbekiston haqidagi asarlari namoyish etildi.
Ko‘rgazmaning alohida qismi 1973-yilda o‘rnatilgan Toshkent va Sietl o‘rtasidagi birodarlik aloqalariga bag‘ishlandi. Taqdim etilgan materiallar ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy rishtalar hamda fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini yoritdi.

Powered by Froala Editor