O‘zbekiston va AQSH terma jamoalari Samarqand shaxmat olimpiadasi oldidan o‘zaro bahs olib boradi
Sport
O‘zbekiston va AQSH shaxmat terma jamoalari 27–28-iyul kunlari Mayamida rapid va blits bo‘yicha jamoaviy uchrashuv o‘tkazadi. Bellashuv 15–27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi oldidan muhim sinov vazifasini bajaradi. Musobaqada jahon reytingining eng kuchli o‘nligiga kiruvchi besh nafar grossmeyster ishtirok etadi.
Bahs Sheveningen tizimi asosida tashkil etiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining har bir shaxmatchisi AQSH asosiy tarkibidagi barcha raqiblar bilan o‘ynaydi. Ikki kun davomida 48 ta partiya — 16 ta rapid va 32 ta blits uchrashuvi o‘tkaziladi. G‘olib jamoaviy ochkolar bo‘yicha aniqlanadi, tenglik yuzaga kelsa individual natijalar, zarurat tug‘ilganda esa armageddon partiyasi hisobga olinadi.
O‘zbekiston sharafini Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov himoya qiladi, zaxira o‘yinchisi — Muhiddin Madaminov. AQSH jamoasi tarkibidan Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Uesli So va Levon Aronyan joy olgan, Lenyer Dominges zaxira sifatida qayd etilgan.
Uchrashuvning eng kutilayotgan qarama-qarshiliklaridan biri Javohir Sindarov va Hikaru Nakamura o‘rtasidagi bahs bo‘lishi kutilmoqda. Sindarov 2026-yil bahorida Pretendentlar turnirida amerikalik grossmeysterni mag‘lub etib, jahon chempionligi uchun o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan edi.
Mazkur uchrashuv 2022-yilda Chennayda o‘tgan Shaxmat olimpiadasidagi durangdan keyin ikki terma jamoaning navbatdagi to‘qnashuvi bo‘ladi. O‘sha Olimpiadada O‘zbekiston tarixida ilk bor oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi. Mayamidagi barcha partiyalar FIDE rapid va blits reytinglariga kiritiladi.

Powered by Froala Editor