O‘zbekiston va Germaniya ot sporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Sport
O‘zbekiston Otchilik va ot sporti federatsiyasi Germaniyaning Gut Ising ot sporti bazasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Tomonlar o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtiroki va zamonaviy Yevropa infratuzilmasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muzokaralar 2–6-sentabr kunlari an’anaviy Chiemsee Pferdefestival doirasida Gut Ising majmuasida o‘tkazilgan CSI2* toifasidagi konkur bo‘yicha xalqaro musobaqalar vaqtida bo‘lib o‘tdi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq ot sporti vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston Otchilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘aziyev ot sporti bo‘yicha germaniyalik mutaxassis, Gugler Sport Horses egasi Ditmar Gugler bilan uchrashdi. U o‘zbekistonlik vakilni Gut Ising infratuzilmasi, sport otlarini saqlash va tayyorlash sharoitlari bilan tanishtirdi.
Majmua hududida zamonaviy otxonalar, uchta yopiq manej va uchta ochiq mashg‘ulot maydoni, to‘qqiz otga mo‘ljallangan konyevoditel, o‘nta paddok, polo maydoni va chopish yo‘lagi mavjud. Mashg‘ulotlar uchun yaqin o‘rmon yo‘llaridan ham foydalaniladi. Otxonalar otlarni tozalash joylari, yuvinish moslamalari va solyariylar bilan jihozlangan.
Uchrashuv davomida tomonlar tajriba almashib, hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini muhokama qildi. Jumladan, kelgusi yilda O‘zbekiston sportchilari Gut Ising bazasidagi xalqaro turnirda yana ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, bu yerda o‘zbekistonlik sportchilar va sport otlari uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bunday tayyorgarlik chavandozlarga mahoratini oshirish, xalqaro tajriba orttirish va zamonaviy Yevropa bazasida mashg‘ulotlar o‘tkazish imkonini beradi.
Erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston Otchilik va ot sporti federatsiyasining xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashning yangi yo‘nalishi sifatida qayd etildi.

Powered by Froala Editor