O'zbekiston va Isroil o'rtasida muntazam aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi

O'zbekiston

O'zbekistonning "Centrum Air" aviakompaniyasi 10-aprel kuni Toshkent va Tel-Aviv shaharlari o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri ilk parvozini amalga oshirdi.

O'zbekiston va Isroil o'rtasida muntazam aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi
Bu yangi yo'nalish faqat geografik bog'liqlik emas, balki ikki mamlakat o'rtasidagi do'stona munosabatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Endi ikki mamlakat aholisi turizm, biznes, savdo va ziyorat maqsadida yanada oson uchish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

"Centrum Air" ushbu yo'nalishda to'g'ridan-to'g'ri aviareyslarni amalga oshirayotgan uchinchi aviakompaniya bo'ldi.

Yangi havo qatnovlarining tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqanlar, muntazam aviareyslar ikki mamlakat o'rtasida ishonchli va talab yuqori bo'lgan yo'nalishga aylanishini ta'kidladilar, deya xabar berdi Dunyo AA.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing