O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki 3,6 milliard dollarlik 23 ta yangi loyihani amalga oshirishga kelishib oldi
O'zbekiston
6–7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 58-yillik yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyasi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev rahbarligida ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston 2025–2026 yillar uchun Boshqaruvchilar kengashiga raislikni qabul qilib oldi.
Jamshid Xo‘jayev mazkur davr uchun Boshqaruvchilar kengashi raisi sifatida tasdiqlandi. Bankning navbatdagi yillik yig‘ilishi 2026-yil may oyida ikkinchi bor Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilandi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston va OTB 2025–2026 yillar uchun umumiy qiymati 3,6 milliard dollar bo‘lgan 23 ta yangi loyihani amalga oshirish dasturini imzoladi. Bu loyihalar ta’lim, suv ta’minoti, transport, moliyaviy-texnik yordam kabi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni qamrab oladi.
So‘nggi besh yilda OTB O‘zbekiston hukumatiga 5,41 milliard dollardan ziyod mablag‘ ajratib, yashil iqtisodiyotga o‘tish, xususiy sektor raqobatbardoshligini kuchaytirish va inson kapitaliga investitsiyalarni rag‘batlantirishni qo‘llab-quvvatladi.

Powered by Froala Editor