O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari biznes vakillari bilan uchrashdi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, "Ozarbayjon temir yo‘llari", "Alyat" erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ularning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladi.
Sizlar innovatsiyalarni dadillik bilan joriy etib, korxonalar va ish o‘rinlarini yaratib, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘layapsiz,
- dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.
Toshkent shahrida mehmonxona va turar joy majmualarini barpo etish, Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarish, Ozarbayjonda to‘qimachilik klasterlari hamda tikuvchilik fabrikasini tashkil etish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.
Prezidentlar ushbu loyihalarga start berar ekan, ular o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor