O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

Siyosat

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov telefon orqali muloqot qilib, ikki tomonlama kelishuvlar va yirik qo‘shma loyihalar ijrosining borishini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar
Prezidentlar yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birini tabriklab, Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanganini muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, energetika, logistika, qishloq xo‘jaligi va turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Transport-tranzit va energetika infratuzilmasi bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Yetakchilar bo‘lajak uch tomonlama sammitga, shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - YeI" uchrashuvi va Iqlim forumiga tayyorgarlikning borishini ham ko‘rib chiqdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing